Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sportga ajratilayotgan mablag‘ ikki baravarga oshdi

Sportga ajratilayotgan mablag‘ ikki baravarga oshdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, sport sohasini shunchaki o‘yin va musobaqalar emas, millat genofondi, mamlakatning qudrati va obro‘-e’tiborini butun dunyoga tarannum etadigan eng ta’sirchan vosita, eng ustuvor vazifa deb bilishimiz shart.

Shu bois Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha birinchi marta bunday katta yig‘ilish o‘tkazilayotgani qayd etildi.

Islohotlarning ilk kunlaridanoq boshqa sohalar qatori jismoniy tarbiya va sport rivojiga ham katta e’tibor berilmoqda.

So‘nggi to‘rt yilda budjetdan sportga ajratilayotgan mablag‘ 1,5 trillion so‘mdan 3 trillion so‘mga oshdi, murabbiylarning o‘rtacha maoshi 2 barobar ko‘paydi, 101 ta yirik sport ob’yektlari yangidan qurildi, 67 tasi rekonstruksiya qilindi.

Sportchilarimizning Parijda erishgan yutuqlari bu islohotlarning yorqin natijalari hisoblanadi.

Eng asosiysi, bu natijalar yoshlarimizni, ota-onalarni sportga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi. Ko‘p yoshlarimizda «Men ham chempion bo‘laman», degan shijoat paydo bo‘ldi.

Parijda erishilgan natijalar bilan xotirjamlikka berilmaslik kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish maqsad qilingan. Buning uchun mutasaddi rahbarlardan tortib, tuman hokimlarigacha barcha qattiq ishlashi kerakligi qayd etildi.

Olimpiya o‘yinlaridagi tariximiz faqatgina yakkakurash sport turlari bilan yozilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Oxirgi Olimpiadada faqat 5 ta sport turi – boks, dzyudo, taekvondo, og‘ir atletika va erkin kurash bo‘yicha medal qo‘lga kiritilgan.

Sport federatsiyalarining har biriga vazirlar va respublika tashkilotlari rahbarlari saylangan, lekin ayrimlarining faoliyati mavjud salohiyatga mos emasligi qayd etildi.

Viloyat, tuman, mahallaga borganda, sportchi va trenerlar bilan uchrashish, ularning muammosini hal qilish, xorijiy yoki xalqaro federatsiyalar rahbarlari bilan hamkorlik qilish, sportchi va murabbiylarni o‘quv mashg‘ulotlariga yuborish ishlari sustligi tanqid qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring