Buxoroda qimmatbaho baliqlarni ovlaganlar 4,5 yilgacha qamaldi
Buxoro viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan olib borilgan reydda inspektorlar tomonidan 4 nafar baliq «ovchi»lari ushlandi.
Holatga ko‘ra, 4 nafar fuqaro quyosh botayotgan pallada G‘ijduvon tuman hududidagi ko‘ldan «Qizil kitob»ga kiritilgan baliqlarni ta’qiqlangan to‘r yordamida ovlashgan. Ayni shu paytda inspektorlar tomonidan nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilayotgan bo‘lgan.
«Ovchi»larning salkam 40 dona qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlab, huquqbuzarlik sodir etishgani va tabiatga 292 162 000 so‘m miqdorida ziyon yetkazishgani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan sud hukmiga ko‘ra, huquqbuzar fuqarolar 2 yildan 4,5 yilgacha qamalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter