Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda narxni oshirgan ellikka yaqin «metan zapravka» moliyaviy jarimaga tortildi

Buxoroda narxni oshirgan ellikka yaqin «metan zapravka» moliyaviy jarimaga tortildi

Buxoro viloyati bo‘yicha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida 2024-yilning 6-dekabriga qadar 1 m.kub siqilgan gaz uchun chakana narx 3 850 so‘mdan 3 950 so‘mgachani tashkil etgan bo‘lsa-da, 2024-yilning 7-9 dekabr kunlari 1 m.kub gaz uchun chakana narx 4 150 so‘mgacha ya’ni 8 foizgacha oshirilgani aniqlandi.

Raqobat qo‘mitasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun hamda Hukumatning 256-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida raqobatlashayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bilan bir vaqtda yoki ketma-ketlikda siqilgan gaz narxini chakana savdoda sun’iy tarzda oshirish orqali raqobatga qarshi kelishuvlar yoki muvofiqlashtirilgan harakatlarga ishtirok etganlik alomatlari bo‘yicha 85 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tegishli tartibda o‘rganish ishlari o‘tkazilgan.

Olib borilgan o‘rganishlar davomida Buxoro viloyatidagi 47 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida faoliyat yuritayotgan 44 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan narxni sun’iy tarzda oshirish uchun individual iqtisodiy sabablar, umumiy tashqi omillar mavjud bo‘lmagan holatda, xarajatlarga zarurat bo‘lmasa-da, narxlarni bir vaqtda yoki ketma-ketlikda oshirib (narxlarni oshirish  davri: 2024 yil 5 dekabrdan - 13 dekabrga qadar) iste’molchilarga sotish orqasidan asossiz daromad olish holatlari aniqlandi.

Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan 44 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasi  va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarining talablari buzilish alomatlari bilan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring