Buxoro viloyatida yer qimirladi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qilishicha, 23 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan soat 05:44 da zilzila sodir bo‘ldi.
Epitsentr: Buxoro viloyati, Jondor tumani. Zilzila koordinatalari: 40,22 gradus shimoliy kenglik; 63,12 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 526 km janubi-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Peshku tumanida 2 ball, 47 km;
- Qorako‘l tumanida 2 ball, 49 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter