Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayollar poyabzali o‘g‘risi qamoqqa olindi

Ayollar poyabzali o‘g‘risi qamoqqa olindi

Chilonzor tumanida o‘g‘rilik sodir etgan shaxs ushlandi.

Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-fevral oylarida noma’lum shaxs yirik savdo majmuasi omboridan 55.000.000 so‘mlik 275 juft ayollar poyabzalini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 1990 yilda tug‘ilgan N.O. aniqlanib, qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring