Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi yirik korxona rahbari «BMW X5»ni xatlashga kirishilgandan so‘ng jarimani to‘ladi

Andijondagi yirik korxona rahbari «BMW X5»ni xatlashga kirishilgandan so‘ng jarimani to‘ladi

Ish hujjatlariga ko‘ra, Andijondagi yirik mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining rahbari Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sudlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudining hukmiga asosan MChJ rahbari K.A.ga bazaviy hisoblash miqdorining 160 baravari miqdorida 48 000 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Byuroning Andijon shahar bo‘limi tomonidan jinoiy jarimani undirish bilan bog‘liq ijro ishiga asosan tegishli tartibda qarzdor ogohlantirilgan. Biroq, jarima pullari berilgan ixtiyoriy muddat davrida to‘lanmagach, qarzdorga tegishli «BMW X5» avtomashinasini xatlash ishlariga kirishilgan.

Shundagina, qarzdor tayinlangan jinoiy jarima pullarini to‘lashini bildirib, barcha to‘lovlarni amalga oshirgan.

Hozirda davlat foydasiga undiruv to‘liq ta’minlandi, deyiladi MIB axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring