Adliya tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari adliya boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sattarov Salohiddin Ulug‘bekovich Samarqand viloyati adliya boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi.
Salohiddin Sattarov 1980 yilda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2002 yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, huquqshunos.
U 2021 yildan hozirgi vaqtga qadar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
***
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga Nuriyev Salohiddin Samadovich rahbar etib tayinlandi.
Salohiddin Nuriyev 1981 yilda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2001 yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, huquqshunos.
2019 yildan hozirgi vaqtga qadar Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Ostanov O‘ral Suyunovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter