Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari majlisida qatnashdi

Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari majlisida qatnashdi

Bugun, 13 dekabr kuni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mazkur yig‘ilishda ishtirok etdi.

Shuningdek majlisda Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi M.Mishustin, Belarus Respublikasi Bosh vaziri R.Golovchenko, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri O.Bektenov, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi A.Japarov, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri N.Pashinyan, video murojaat orqali Kuba Bosh vaziri M.Kruz qatnashdi.

O‘zbekiston kuzatuvchi maqomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan ko‘p tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligi bildirildi.

Joriy yilning o‘n oyi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 12 foizga o‘sdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring