Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100 nafar falastinlik vaqtincha O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

100 nafar falastinlik vaqtincha O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

O‘zbekiston yaralangan 100 nafar falastinlik bolalar va ayollar hamda ularning hamrohlarini qabul qildi.

O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichevning ma’lum qilishicha, Toshkent bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusini amalga oshirish hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda jabrlangan 100 nafar falastinlik bolalar va ayollar hamda ularning hamrohlarini O‘zbekistonga evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirgan.

Yaqin Sharq axborot agentligi bo‘lgan – Al-Ahram nashrining o‘zbekistonlik elchiga tayanib yozishicha, evakuatsiya qilingan falastinliklar o‘z yurtlariga qaytgunlaricha O‘zbekistonda mehmon bo‘lishadi.

Mansurbek Qilichev, shuningdek, bemor falastinliklar sog‘liqni saqlash markazlari va kasalxonalarda istiqomat qilishlarini va O‘zbekiston hukumati ularning barcha ehtiyojlari, jumladan mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqalar bilan ta’minlashini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev 2024-yil noyabr oyida Falastin masalasiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari arab-islom sammiti oldidan so‘zlagan nutqida Falastin hududidagi harbiy harakatlarni to‘xtatish va xavfsiz gumanitar yo‘laklarni ta’minlash muhimligini ta’kidlagan va yaralangan falastinlik bolalar va ayollarning davolanishlari uchun Toshkent mezbonlik qilishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring