Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng foydali tish pastasi ma’lum qilindi

Eng foydali tish pastasi ma’lum qilindi

Foto: Depositphotos

Ftorli tish pastalari foydali bakteriyalarga daxl qilmagan holda, ularning «zararlilari» bilan kurashadi. Bu haqda RCSI (Royal College of Surgeons in Ireland) tibbiyot va sog‘liqni saqlash universiteti olimlariga asoslanib The Conversation nashri yozdi.

Og‘iz bo‘shlig‘i — mikroorganizmlar o‘ta gavjum muhit, bu yerda 700 ga yaqin turdagi bakteriyalar bor.

Bu bakteriyalar tishlar va milklar yuzasidagi bioplyonka ko‘rinishidagi yopishqoq tuzilmali mikroblar hamjamiyatida yashaydi. Ularning ayrimlari foydali, ba’zilari zararli. Bundan tashqari, so‘lak tarkibida ham mikrorganizmlar bor.

Olimlarning aytishicha, tish pastasining asosiy vazifasi bakteriyalarni bevosita yo‘q qilish emas, balki zararli mikroblarga ko‘payish imkonini beruvchi bioplyonkani ishdan chiqarishdir. Mexanik tozalash tish va milkni bioplyonkadan xalos etadi, tish pastasi tarkibidagi abraziv moddalar tozalash samaradorligini oshiradi.

Shu tomonlama yondashilganda, tish emalini mustahkamlovchi ftorli tish pastalarining samaradorligi yuqori. Mutaxassislar tushuntirishicha, ftor og‘iz bo‘shlig‘idagi mikrobiomalar (mikroorganizmlar muhiti)ni yo‘q qilmagan holda Streptococcus mutans singari kislota chiqaruvchi zararli bakteriyalar faoliyatini og‘irlashtiradi. Aynan Streptococcus mutans bakteriyasining ko‘payishi kariyesning asosiy sababchisi sanaladi.

Ayrim tish pastalarida triklozan, qalayi ftoridi va rux birikmalari kabi antibakterial moddalar mavjud. Ular zararli bakteriyalar bilan kurashadi, ammo shuning barobarida, foydali bakteriyalarni ham yo‘q qilib yuboradimi, hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring