Xurmoning foydali yetti xususiyati

Xurmo qadim zamonlardan salomatlik va quvvat manbai sanalib kelgan. Ayrim xalqlarda u hatto asosiy ovqat o‘rnini ham bosadi.
Xurmoning foydali xususiyatlari juda ko‘p, ulardan ayrimlariga to‘xtalamiz.
Quvvat manbai. Xurmo tez organizm tez o‘zlashtiruvchi tabiiy shakarga boy. Shu sababli xurmoni yeyishingiz bilan tanangiz quvvatga to‘lishni boshlaganini his etasiz.
Yurak va qon tomirlari salomatligi. Xurmo tarkibida yurak-qon tomir tizimi yaxshi ishlashi uchun muhim bo‘lgan kaliy va magniy bor. Bundan tashqari, xurmo qon bosimida ko‘makka keladi, qon tomirlarini mustahkamlaydi, zararli xolesterin darajasini tushiradi.
Ovqat hazmini yengillashtiradi. Bu xurmoda tolalar (kletchatka) ko‘pligi bilan izohlanadi.
Miya faoliyatini yaxshilaydi. Chunki xurmo antioksidantlar, V guruhi vitaminlariga boy.
Suyaklarni mustahkamlaydi. Xurmo tarkibidagi fosfor, magniy, kalsiy bunda yordam beradi.
Immunitet ishlashiga ko‘maklashadi. Bu ham antioksidantlar, qolaversa, temir moddasi bilan bog‘liq.
Kayfiyatni yaxshilaydi. Sababi, xurmoda triptofan aminokislotasi bor.
Manba: ixbt.com
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter