Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent – Jidda reysi favqulodda Bahraynga qo‘ndirildi

Toshkent – Jidda reysi favqulodda Bahraynga qo‘ndirildi

Toshkent – Jidda reysi (UZS4003) bortda yuzaga kelgan favqulodda tibbiy holat sababli Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.

Ma’lum qilinishicha, parvoz davomida 75 yoshli yo‘lovchida takroriy infarkt kuzatilgan.

«Samolyot bortida bo‘lgan shifokor bemorning hayoti xavf ostida ekanligini tasdiqladi. Havo kemasi komandiri Talanov Roman Igorevich boshchiligidagi Air Samarkand ekipaji tezkor qaror qabul qilib, bemorga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Bahraynga favqulodda qo‘nishga qaror qildi», – deyiladi aviakompaniya xabarida.

Bort kuzatuvchilari shifokor bilan birgalikda bortdagi tibbiy qutilar va uskunalar yordamida bemorga birinchi yordam ko‘rsatgan. Majburiy qo‘nish amalga oshirilgan aeroportda esa bemor barqaror holatda tez yordam brigadasiga topshirilgan.

Reys taxminan 1 soat kechikish bilan Jiddaga uchishni davom ettirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring