Prezident Mirziyoyevning Kuvaytga bo‘lgan ilk rasmiy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston yetakchisi Al-Kuvayt shahrida Amir Shayx Mish’al as-Saboh va Valiahd Shayx Saboh as-Saboh bilan tarixiy muzokaralar, shuningdek, ushbu mamlakat hukumatining a’zolari, yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.
Sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi, shuningdek, hamkorlikning turli yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiy sohada 4,9 milliard dollarlik salmoqli kelishuvlar to‘plami imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev madaniy dastur doirasida «As-Salom» saroy-muzeyining Quvayt xalqi madaniyati va tarixini aks ettiruvchi ekspozitsiyalarini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Davlatimiz rahbari Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter