Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanyapti
Bugun, 24 dekabr kuni Quyi palata deputatlari Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga doir qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasi uchinchi qism bilan to‘ldirilib, unda ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik uchun alohida javobgarlik choralari belgilanmoqda.
Shu bilan birga, Jinoyat kodeksi 244-moddasining to‘rtinchi qismida ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri javobgarlik ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, ushbu modda yangi beshinchi qism bilan to‘ldirilib, unda o‘quvdan o‘tgan shaxs o‘z xohishi bilan o‘quvdan o‘tganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan taqdirda, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilab qo‘yilmoqda.
Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga, jinoyatlarni profilaktika qilishga xizmat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter