Navoiyda maktab o‘quvchisi YPX xodimining o‘limiga sabab bo‘ldi

19-yanvar, yakshanba kuni tungi soat 1:45 da Navoiy shahar I.Karimov ko‘chasida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.
«Ishonch.uz» saytining yozishicha, 2008-yilda tug‘ilgan S.M. (umumiy o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi) otasiga tegishli bo‘lgan Kia Sonet mashinasini tungi vaqtda davlat raqamisiz, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmay boshqarib yurganida I.Karimov ko‘chasida xizmat olib borayotgan Navoiy viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori Jasurjon Muhammadov uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan. Biroq yigit xodimning ishorasiga bo‘ysunmay, uni mashinasi bilan urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Natijada olgan tan jarohatlari sabab J.Muhammadov hayotdan ko‘z yumgan.
32 yoshli J.Muhammadov 2017-yildan buyon ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilib kelayotgan bo‘lgan.
Hozirda Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter