Namangandagi korxona 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlangan

Namangan viloyatida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi.
«O‘zenergoinspeksiya» Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament, «Energosavdo» filiali viloyat bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Chust tumanida joylashgan «A.T.» MChJ elektr qurilmalarini hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 millard 703 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter