Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimliklarga «tashqari»dan ekolog-konsultantlar jalb qilinadi

Hokimliklarga «tashqari»dan ekolog-konsultantlar jalb qilinadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishgan holda ekologiya va «yashil rivojlanish» masalalari bo‘yicha konsultantlar xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari hisobidan jalb qilinadi.

Prezidentning joriy yil 7-fevralda qabul qilingan joriy yilgi davlat dasturiga doir farmonida qayd etilishicha, bu «hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil qilish, hududiy davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini takomillashtirish» maqsadida amaliyotga tatbiq qilinyapti.

Shuningdek, xuddi shu maqsadlarda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab tuman (shahar) darajasida ekologik pasportlar va ekologik master rejalar hamda hududlarning ekologik reytingini ishlab chiqish va keng jamoatchilikka taqdim etish amaliyoti joriy etiladi.

Jalb qilinadigan konsultantlarning faoliyatini muvofiqlashtirishga esa Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduxakimov mas’ul etib belgilangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring