Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligiga tibbiyot tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash vazifasi yuklatildi

Sog‘liqni saqlash vazirligiga tibbiyot tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash vazifasi yuklatildi

Foto: «Total.kz»

O‘zbekistonda tibbiyot tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimi yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida»gi qarorda so‘z boradi.

Hujjatga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda tibbiyot tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish konsepsiyasi ishlab chiqishi shart.

Qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 29-dekabrda imzolangan. Uning matni O‘zAda e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring