Qashqadaryoda rahbar ko‘mir uchun berilgan yarim milliardni o‘zlashtirib yubordi
Qashqadaryo viloyatida ko‘mir ta’minoti uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan MChJ rahbari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.
Unda “B.F.” MChJ rahbari A.E. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan kuz-qish mavsumida aholini ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ajratilgan mablag‘larning 514,8 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter