Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston ilk marotaba «Danish Travel Show»da ishtirok etmoqda

O‘zbekiston ilk marotaba «Danish Travel Show»da ishtirok etmoqda

Turizm qo‘mitasi Daniyaning Xerning shahrida 21-23 fevral kunlari o‘tayotgan Skandinaviya (Shimoliy Yevropa) mintaqasida eng yirik turizm yarmarkasi bo‘lgan «Danish Travel Show»da ishtirok etmoqda. Mamlakatimizning turizm salohiyati ushbu tadbirda birinchi marta MDH davlatlari orasida yagona ishtirokchi sifatida namoyon qilinmoqda.

Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Elchixonasi va turistik kompaniyalar ishtirokida tashkil qilingan mamlakatimiz stendida O‘zbekistonga ushbu mintaqadan turistlar oqimini yanada ko‘paytirishga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, ishtirokchilarga turizm salohiyati targ‘iboti bo‘yicha qator taqdimotlar, boshqa mamlakatlarga turlar uyushtiradigan yirik mahalliy va xalqaro turoperatorlar bilan «G2B» va «B2B» uchrashuvlar, turizm marketingiga ixtisoslashgan jurnal va onlayn platformalar bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirda 40 ga yaqin davlat, jumladan, Xitoy, Hindiston, Shri Lanka, Tayland, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Gruziya, AQSh, Germaniya, Avstriya, Ispaniya, Portugaliya, Chexiya, Slovakiya, Polsha, Daniya, Islandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Meksika, Kuk Orollari, Tanzaniya, Keniya va Ugandadan 1000 dan ortiq turizmga ixtisoslashgan tashkilotlari va soha vakillari qatnashmoqda. Uch kun davom etadigan tadbirga bu yil 60 000 atrofida mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring