Nega o‘zbek qizlari Turkiyaga kelin bo‘lishmoqda? (video)
Mahzuna – andijonlik, u Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutini tamomlagan. Bir necha yil shu sohada ishlagan. Taqdir taqozosi bilan dizayn sohasida malaka oshirish uchun Turkiyaga borganida Ayxan ismli turk yigiti bilan tanishib qoladi...
Mahzunaning muhabbat qissasi shunday boshlangan. Zero, bu kabi hikoyalar har birimizning umr daftarimizda qayd bo‘lgan. To‘g‘ri, qizimiz Andijonda yashaganida ham uning talabgorlari juda ko‘p bo‘ldi, ammo Mahzuna ko‘nglidagi shahzodasini ular siymosida topa olmadi.
Bugun Mahzuna va Ayxan dunyodagi baxtli juftliklardan biri.
Hozirda o‘zbekistonlik xotin-qizlarning xorijlik erkaklar, ayniqsa, turklar bilan turmush qurish ko‘rsatkichining tobora ortib borayotgani, aslida tashvishli signal. Birgina 2023 yilda 3716 nafar o‘zbekistonlik ayollar turklar bilan oila qurgan. Turmush o‘rtog‘i va ularning qarindoshlari tomonidan ko‘rsatilayotgan zulm, uy zo‘ravonligi kabi salbiy holatlarni ko‘rayotgan, bularga guvoh bo‘layotgan o‘zbekistonlik xotin-qizlarning salmoqli qismi o‘zbek erkaklari bilan turmush qurishni xohlamayapti. Eridan kaltak yeb, kamiga bir tiyinsiz, uysiz bir yoki ikki bolasi bilan ko‘chaga uloqtirilgan ayollar-chi? Shunday ayollarga uylanib, uning bolalarini o‘z qaramog‘iga olib, boshini silayotgan, otalik qilayotgan xorijliklar esa ko‘pchilikni tashkil etadi...
Sabohat Rahmon, jurnalist
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter