O‘zbekistonning YIM hajmi 115 mlrd AQSh dollariga yetdi

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YIM) hajmi joriy narxlarda 1 454,6 trln so‘mni tashkil etgan. Bu o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha 115,0 mlrd AQSh dollariga teng.
Yalpi ichki mahsulot hajmi 2023-yil bilan solishtirilganda 6,5 foizga o‘sgan.
Aholi jon boshiga YIM hajmi 39,1 mln so‘mni tashkil etmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter