Qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlarida yetakchi viloyatlar ma’lum bo‘ldi

Statistika agentligi 2024-yilda qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlarida yetakchilik qilayotgan viloyatlarga oid ma’lumotni taqdim etdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Samarqand eng ko‘p yo‘nalishlarda barchadan oldinda: eng ko‘p kartoshka (747,6 ming tonna) va uzum (666,1 ming tonna) yetishtirgan, eng ko‘p sut (1 456,0 ming tonna) yetkazib bergan va yirik shoxli qoramollari soni (1 765,8 ming bosh) bo‘yicha yetakchi viloyat.
Qolgan yo‘nalishlarda yetakchilar:
Andijon viloyati:
- eng ko‘p sabzavot — 1 833,7 ming tonna
- eng ko‘p meva va rezavorlar — 699,9 ming tonna
Qashqadaryo viloyati:
- eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) — 345,9 ming tonna
- eng ko‘p qo‘y-echki — 5 109,7 ming bosh
Toshkent viloyati:
- eng ko‘p tuxum — 1 608,1 million dona
- eng ko‘p ot — 57 009 bosh
Farg‘ona viloyati:
- eng ko‘p donli ekinlar — 998,5 ming tonna
Surxondaryo viloyati:
- eng ko‘p poliz ekinlari — 351,5 ming tonna
Xorazm viloyati:
- eng ko‘p baliq — 33,0 ming tonna.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter