Elchi: O‘zbekiston shunchaki istiqbolli bozor emas, strategik hamkor

O‘zbekiston Qozog‘iston uchun shunchaki istiqbolli bozor emas, balki strategik hamkordir, deydi Qozog‘istonning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov.
Toshkentda Qozog‘iston ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashgan diplomat ikki davlat ishtirokida yangi loyihalarni amalga oshirish muhimligi, hamkorlikni kuchaytirish, o‘zaro manfaatli nuqtalarni topish lozimligini ta’kidladi.
B.Atamqulov qozog‘istonlik tadbirkorlar duch kelayotgan masalalarni tezkorlik bilan hal etish yutuqlar omili bo‘lishini ham urg‘uladi.
Tadbirda qatnashgan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Toshkent xalqaro arbitraj markazi vakillari ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilish va tijoriy nizolarni hal etish usullarini taqdim etishdi.
Qayd etilishicha, 2024 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 4,1 milliard dollarga yetdi. Mamlakatimizda Qozog‘iston sarmoyasi ishtirokida ochilgan korxonalar soni 1000 dan ortdi.
Avval xabar berganimizdek, o‘tgan yil avgust oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan ikki davlat rahbarlari uchrashuvida hukumatlarga tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish topshirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter