Uols: Zelenskiy baribir Trampning talabiga ko‘nadi

AQSh Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uols Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv imzolashini kutayotganini aytdi.
“Xulosa shu: prezident Zelenskiy bu bitimni imzolamoqchi va siz buni yaqin kelajakda ko‘rasiz”, dedi Uols Vashington tashqarisida bo‘lib o‘tgan Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasida.
Avvalroq Axios portali bir qancha manbalarga tayanib, Donald Tramp ma’muriyati Ukrainaga mineral resurslar bo‘yicha yangilangan kelishuv loyihasini taqdim etgani, unda Kiyevning ayrim xavotirlari inobatga olingani haqida xabar bergan edi.
Portal manbalarining ta’kidlashicha, bitim tuzish ehtimoli tobora ortib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tramp harbiy yordam evaziga Ukrainadan qariyb 500 mlrd dollarlik foydali qazilmalarni olmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter