Tramp Grenlandiya AQShga nima uchun kerakligini aytdi

AQSh Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga kiritishi o‘ta zarur, bu Vashington uchun hujum nuqtai nazaridan ham muhimdir, dedi prezident Donald Tramp 26 mart kuni jurnalist Vins Kolianezega bergan intervyusida.
«Grenlandiya bizga xalqaro xavfsizlik uchun kerak. U bizniki bo‘lishi shart. Bu orol mudofaa nuqtai nazaridan va hatto hujumga o‘tish borasida — biz uchun kerakli, ayniqsa, hozirgi dunyoda. Bu gaplarni aytish men uchun yoqimsiz, biroq u bizniki bo‘lishiga to‘g‘ri keladi», — ta’kidladi Tramp.
Shuning barobarida Tramp grenlandiyaliklarning o‘zlari orolning AQSh tarkibiga kirishini istashlariga aniq ishonchi yo‘qligiga iqror bo‘ldi.
«Biroq biz ularni ishontirishimiz va bu yerni qo‘lga kiritishimiz shart. Aks holda usiz (Grenlandiyasiz) nafaqat AQSh, balki Yerning bu katta qismini keraklicha himoyalay olmaymiz. Uni olishimizga ishonaman», — deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Ma’lumot uchun: Grenlandiya Daniya tarkibiga kiradi, biroq 2009 yilda o‘z ichki siyosatini mustaqil tanlash imkoniyati bilan muxtoriyatga erishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter