Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh sog‘liqni saqlash vazirligining 10 ming xodimi «qisqartirilmoqda»

AQSh sog‘liqni saqlash vazirligining 10 ming xodimi «qisqartirilmoqda»

Foto: Pixabay

AQSh sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Robert Kennedi vazirlik shtatidagi 10 ming xodimni qisqartiradi, tegishli bayonot e’lon qilinishi kutilmoqda, deb xabar berdi Wall Street Journal.

Gazeta xabariga ko‘ra, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sanitar nazorati boshqarmasining 3,5 ming nafar, kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari (CDC)ning 2,4 ming nafar xodimi Kennedining qisqartirishlar ro‘yxatiga tushgan.

Avvalroq berilgan xabarda mamlakatning Yadroviy xavfsizlik agentligida ham juda ko‘p xodimlar qisqartirilishga tushishi muhokama qilinayotgani aytilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring