Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suriya qamoqxonasining sobiq boshlig‘i 100 yildan ko‘proq muddatga qamalishi mumkin

Suriya qamoqxonasining sobiq boshlig‘i 100 yildan ko‘proq muddatga qamalishi mumkin

Illyustrativ foto

Damashq markaziy qamoqxonasining sobiq boshlig‘i Samir Usmon al-Shayx mahkumlarni qiynashda ayblanmoqda, qilmishi uchun 100 yildan ortiq muddatga qamalishi mumkin. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.

72 yoshli ayblanuvi Suriyadagi qamoqxonani 2005–2008-yillarda boshqargan. Sud keltirgan dalillarga ko‘ra, u qo‘l ostidagi xodimlardan «siyosiy va boshqa tutqunlarga og‘riq va azob berish»ni talab qilgan.

Samir Usmon al-Shayx 2020-yilda AQShga ko‘chib ketgan, oradan uch yil o‘tib fuqarolik berishni so‘rab murojaat qilgan. Qo‘shma Shtatlarda yashash huquqiga ega bo‘lish uchun sodir etgan jinoyatlarini yashirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring