Mozambik qamoqxonasidan 1,5 mingdan ziyod xavfli jinoyatchi qochib ketdi
Kecha, 25-dekabr kuni Mozambik poytaxti Maputu yaqinidagi qamoqxonadan juda ko‘p sonli mahkumlar qochib ketdi. SABC yozishicha, jinoyatchilar qo‘riqchilarni qo‘lga olib, qurolsizlantirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Qamoqxonadan qochish Mozambikdagi saylov natijalaridan norozi muxolifat namoyishlariga to‘g‘ri keldi. Ko‘chalarda tartibsizlik uyushtirgani uchun qamoqqa tushganlar mahkumlarning qochishiga yordam bergan.
Mamlakat Konstitutsion sudi 23-dekabr kuni saylov natijalarini tasdiqlab, Daniel Shapani yangi prezident deya e’lon qilgan. Muxolifat yetakchisi Venansiu Mondlane bu qarorni rad etib, hukumatni saylov natijalarini soxtalashtirishda aybladi. Mozambikda isyonlar davom etmoqda.
«Poytaxtdan 15 km olisdagi qattiq qo‘riqlanadigan qamoqxonadan jami 1 534 nafar mahkum qochib ketgan. Armiya yordamida olib borilgan qidiruv amaliyoti davomida 150 ga yaqin mahkum qo‘lga olindi», — deya bayonot berdi Mozambik politsiyasi boshlig‘i Bernardinu Rafaelo.
Xabarga ko‘ra, qo‘lga olish paytida mahkumlarning 33 nafari halok bo‘lgan, yana 15 nafari esa turli darajada jarohatlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter