Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada talabalarni qishloqlarda ishlatish taklif qilindi

Rossiyada talabalarni qishloqlarda ishlatish taklif qilindi

Foto: Aleksandr Kryajev/RIA Novosti

Agrar yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qishni bitirganidan so‘ng bir necha yil qishloqlarga ishga jo‘natish kerak, dedi Rossiya sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri, mamlakatning eng yirik agrosanoat xoldinglaridan birining egasi Aleksandr Tkachyov. Uning so‘zlarini RBK keltirmoqda.

«Keling belaruslardan o‘rnak olaylik: davlat hisobidan (budjetda) o‘qiyotganlar bor, ularni 3-5 yil mehnatga solib buni chiqarib olish kerak», — dedi sobiq vazir.

Tkachyov Rossiya agrosanoat kompleksida kadrlar o‘tkir yetishmovchiligi bilan shu tariqa kurashish lozim, degan fikrda.

2023-yilda Rossiya qishloq xo‘jaligida ishchi qo‘llar yetishmovchiligi 240 ming kishini tashkil etgan. Sohada jami 6 mln kishi band. Prezident Putinning farmoniga muvofiq, 2030-yilgacha Rossiya agrosanoat kompleksi mahsulotlari hajmini 25 foizga oshirish, eksportni esa 1,5 baravar ko‘paytirib 55 mlrd dollarga yetkazish ko‘zlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring