Rossiya bilan urushmaslik uchun Ukraina oldida ikki yo‘l bor edi — Leonid Kuchma
Urushga yo‘l qo‘ymaslik uchun Ukraina oldida mutlaqo zid ikki yo‘l bor edi. Birinchidan, mudofaa qobiliyatini shu darajada mustahkamlash kerak ediki, Rossiya hujum qilishdan tiyilar edi, ikkinchisi — qarshiliksiz taslim bo‘lish. Ukrainaning ikkinchi prezidenti (1994–2005) Leonid Kuchma «Interfaks-Ukraina»ga bergan intervyusida shunday dedi.
«Afsuski, uzoq yillar davomida rahbarlarimiz birinchi ishga beparvo bo‘lishdi. Baxtimizga, 2022-yilda ular ikkinchisini ham qilishmadi», — dedi Leonid Kuchma.
Kuchma ta’kidlashicha, nafaqat Ukraina, balki G‘arb davlatlari rahbarlarining xatti-harakatlari ham urushning oldini olgan bo‘lardi.
«Agarda Rossiya tajovuzga hozirlik ko‘rayotganining ilk alomatlaridayoq ular (G‘arb rahbarlari) Kremlni tinchlantirishga urinish o‘rniga aniq jazo choralarini (qarshi sanksiyalardan tashqari) belgilab berishganida Putin to‘xtashi mumkin edi», — dedi Leonid Kuchma.
Ukraina sobiq prezidentining fikricha, urush — Putin uchun yagona ssenariy emas edi, u «Ukrainaga o‘z hukmini o‘tkazish uchun nisbatan yengilroq usullar»ni tanlagan bo‘lardi. Ukraina rahbariyati rossiyaparast siyosatchi Viktor Medvedchuk tuzilmalariga 2021-yil fevralida bergan zarba hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi, shundan so‘ng Putin Ukrainani qurolsiz egallay olmasligini tushundi, deb hisobaydi Kuchma.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter