Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada jamadon ichidan 31 yoshli o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Rossiyada jamadon ichidan 31 yoshli o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida jamadon ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi.

Joriy yil 21 dekabr kuni shaharning Olga Berggols ko‘chasidagi turar-joy binosi yerto‘lasidan ichida ayol kishining jasadi bo‘lgan jamadon topilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu manzilda marhuma yana bir 24 yoshli o‘zbekistonlik erkak bilan yashab kelgan. 2024 yil 10 dekabr kuni erkak O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng ayolning qarindoshlari ayolni qidirishni boshlagan va RF huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, qotillik 9 dekabr kuni soat 19:00 larda sodir bo‘lgan. O‘zaro yuz bergan janjalda erkak ayolni yostiq bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan keyin qotil jasadni safar sumkasiga joylashtirib, uyning yerto‘lasiga olib tushgan va ko‘mib qo‘ygan.

Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring