Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev gaz bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev gaz bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni gaz qazib olishning joriy holati va uni yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati raisi joriy yilda bajarilgan ishlar hamda 2025-yilgi ustuvor vazifalar to‘g‘risida axborot berdi.

Qayd etilganidek, sohada xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Ular ishtirokida kelasi yil gaz qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish loyihalari shakllantirildi. Xususan, zamonaviy texnologiyalar jalb qilinib, yangi ekspluatatsiya quduqlari burg‘ilanadi hamda eskilari ta’mirlanadi. 

Tarmoqdagi asosiy muammo geologiya-qidiruv ishlariga uzoq yillar yetarlicha e’tibor qaratilmaganidir. Oqibatda ayrim konlar foydalanish muddatini deyarli o‘tab bo‘lgan, yana ba’zilarining samaradorligi past. Shuning uchun zamonaviy texnologiya olib kelinib, 15 ta yangi istiqbolli maydonda geologiya-qidiruv ishlari boshlanadi. Seysmik qidiruv hududi 6,5 ming kvadrat kilometrga kengaytiriladi.

Mutasaddilarga yirik xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni jalb etgan holda, geologiyani rivojlantirish va yangi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha 2025-yil uchun dastur ishlab chiqish topshirildi.

“O‘zbekneftgaz”da transformatsiyani davom ettirib, tannarxni kamaytirish, xalqaro kredit reytingini yaxshilash vazifa qilib olingan. Jumladan, kelgusi yilda ishlab chiqarish va geologiya-qidiruv loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro manbalardan mablag‘ jalb qilinishi mo‘ljallangan.

Davlatimiz rahbari sohada investitsiyalar, yangi texnologiyalar bilan birga kadrlar masalasi muhim ekanini ta’kidladi. O‘qitish sifatini oshirib, zamonaviy mutaxassislar tayyorlash, chet elda ishlayotgan malakali vatandoshlarimizni taklif etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring