Rossiyadagi koloniyadan olti mahbus qochib ketdi
Rossiyaning Lipetsk viloyatidagi 2-sonli axloq tuzatish koloniyasidan olti nafar mahkum qochib ketdi, dedi viloyat gubernatori Igor Artamonov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mintaqaning tezkor xizmatlari – Federal jazoni ijro etish xizmati, politsiya, Rossiya gvardiyasi va FSB ularni topishga harakat qilmoqda.
Rossiya OAVlarida koloniyadan qochgan mahbuslar O‘zbekiston fuqarolari ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Ular koloniya hududidan yer osti yo‘li qazib, qochib ketishgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter