Prokuror «Tolibon» rahbarini hibsga olish uchun order so‘radi

Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xon «Tolibon»harakati oliy rahbari va Afg‘oniston amiri Haybatulloh Oxunzodani hibsga olish uchun order berish to‘g‘risida iltimosnoma kiritdi.
Shunga o‘xshash so‘rov mamlakat bosh sudyasi Abdul Hakim Haqqoniyga nisbatan ham kiritildi.
XJS ularni insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topishi mumkin.
«Ular (Haybatulloh Oxundzoda va Hakim Haqqoniy) afg‘on qizlari va ayollarini ta’qib qilganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak», — deyiladi xabarda.
Nashrning qayd etishicha, Afg‘onistonda davom etayotgan ta’qiblar ko‘plab inson huquqlari buzilishiga olib kelgan. Tolibonga qarshilik shafqatsizlarcha, jumladan, qotillik, qamoq va qiynoqlar orqali bostirilgani iddao qilinmoqda. XJS aniqlik kiritishicha, inson huquqlari buzilishi 2021 yil 15 avgustdan beri sodir etilgan.
Haybatulloh Oxundzoda va Abdul Hakim Haqqoniyni hibsga olish uchun order berish haqidagi arizalar Tolibonga qarshi ilk ariza ekanligini aytilmoqda. Tez orada harakatning boshqa vakillariga nisbatan qo‘shimcha so‘rovlar yuboriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter