Janubiy Koreya prezidenti mamlakat xalqidan kechirim so‘radi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Konstitutsion sudda mamlakat aholisidan kechirim so‘radi, deb xabar berdi Yonhap agentligi.
«Xalqdan kechirim so‘rayman va minnatdorlik bildiraman (...) Harbiy holat mamlakat va xalqni o‘ylab joriy etilgandi, biroq bu jarayon bebaho odamlarimiz uchun tushunmovchiliklar noqulayliklar tug‘dirganidan afsusdaman, buning uchun sidqidildan kechirim so‘rayman», — dedi u.
Yun o‘z bayonotida harbiy holat e’lon qilgani ortidan qo‘yilgan isyon borasidagi ayblovlarni bir necha marta inkor etdi. U siyosatchilarni hibsga olish yoki Milliy assambleya binosidan deputatlarni chiqarib yuborishga buyruq bergani haqidagi da’volarni «bema’nilik» deya atadi.
Yun Sok Yol shu yilning 15-yanvarida isyon ishi bo‘yicha hibsga olingan. Janubiy Koreya tarixida misli ko‘rilmagan hodisa yuz berdi — amaldagi prezident tergov organi tomonidan hibsga olindi. Yun Sok Yolning o‘zi esa prokuratura so‘roviga ko‘ngilli ravishda kelgani va aybsiz ekanligini ta’kidlamoqda.
Avvalroq Janubiy Koreyada muddatidan oldin prezident saylovi 2025-yilning may oyida bo‘lib o‘tishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter