Janubiy Koreyada muddatidan oldin prezident saylovi may oyida o‘tkazilishi mumkin

Janubiy Koreyada muddatidan oldin prezident saylovi 2025-yilning may oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deb xabar berdi Yonhap.
Hozir mamlakatda ichki siyosiy vaziyat har qachongidan keskinlashgan. Siyosiy kun tartibidan uch masala o‘rin olgan:
- Konstitutsion sudning impichment bo‘yicha yakuniy qarori qachon chiqariladi?
- Qaror qanday bo‘ladi — impichment tasdiqlanadimi yoki rad etiladimi?
- Agar impichment tasdiqlansa, muddatidan oldin prezident saylovi qachon o‘tkaziladi?
Ekspertlarga ko‘ra, sud impichmentni tasdiqlasa, mamlakatda muddatidan oldin saylov may oyida bo‘lib o‘tadi. Har ikki siyosiy kuch voqealarning ehtimoliy rivojiga tayyorlanmoqda.
Xususan, hukmron partiya konservativ elektorat (saylovchilar)ga tayanmoqchi. Muxolifat esa hukumat almashishi uchun «barcha frontlar»ga kuchlarini tashlagan.
«Nima bo‘lgan taqdirda ham kelayotgan haftalar siyosiy voqealarga boy bo‘lishi kutilyapti», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter