Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HAMAS Isroil bilan muzokaralarning yangi bosqichi haqida bayonot berdi

HAMAS Isroil bilan muzokaralarning yangi bosqichi haqida bayonot berdi

Foto: Hatem Khaled/Reuters

Falastinning HAMAS harakati vakili Abdulrahmon Shadid G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichi boshlanganini e’lon qilib, ijobiy natija berishiga umid bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Harakat bu muzokaralarga juda jiddiy yondashgan holda, tinchlik kelishuvining navbatdagi bosqichi borasida to‘laqonli muhokamalarga o‘tishda sezilarli siljish bo‘lishini kutmoqda, dedi Shadid.

G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 2025-yilning 19-yanvarida kuchga kirgan. Yarashuv 42 kun davom etishi belgilangan edi. Bu vaqt davomida HAMAS garovga olingan isroilliklardan 33 nafarini, Isroil esa mingga yaqin falastinlikni ozod etishiga kelishilgan.

2-mart, shanba kuni yarashuvning birinchi bosqichi yakuniga yetdi, Isroil va HAMAS hozircha ikkinchi bosqichni kelisha olgan emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring