HAMAS asirlarni ozod etishni to‘xtatdi: endi nima bo‘ladi?

HAMAS isroillik garovga olinganlarni ozod qilish to‘xtatilganini e’lon qildi.
Guruhning harbiy qanoti bu qarorga Isroilning o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzgani sabab bo‘lganini aytdi.
«Ushbu qoidabuzarliklar qatoriga ko‘chirilganlarning G‘azo shimoliga qaytishini kechiktirish, anklavning turli hududlarini o‘qqa tutish va kelishilgan miqdorda gumanitar yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qilish kabilar kiradi», — deyiladi harbiy qanot bayonotida.
Yana uch nafar isroillik garovga olinganlarning ozod etilishi 19 fevral kuni bo‘lib o‘tishi kutilgandi.
HAMASning bayonotiga Isroil hozircha izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp g‘azoliklarni boshqa hududlarga ko‘chirish haqida gapirib chiqqandi. Bu jahon hamjamiyatining e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter