Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentina pul chop etishni to‘xtatdi

Argentina pul chop etishni to‘xtatdi

Foto: Bloomberg

Argentina Markaziy banki tannarxi yuqoriligi bois 1000 ($0,98) va 2000 ($1,9) peso nominalli banknotlarni chiqarishni to‘xtatdi. Bu haqda Nacion nashri xabar berdi.

Markaziy bank milliy pul chop etish markazi bilan shartnomani bekor qildi, uning xodimlari majburiy ta’tilga chiqarildi. Gazeta yozishicha, mamlakatda muomaladagi 1000 va 2000 peso banknotlari yetarlicha, chop etish ancha serxarajat jarayon, shu sababli yangi pullarni chiqarish to‘xtatilgan.

Argentinaning yirikroq nominaldagi banknotlarga ehtiyojini Xitoy ta’minlaydi. Yil oxirigacha Xitoy 20 000 peso ($19,6) nominalli banknotlarni yetkazib beradi. Ularni Xitoyda chop etish Argentinaga o‘zida chiqarishga nisbatan ikki baravar arzon tushadi.

Argentina yangi prezident Miley davrida jiddiy o‘zgarishlarga uchramoqda. Xususan, 22-oktyabr kuni federal soliq xizmati tugatilib, o‘rniga yangi agentlik tuzildi. Bu davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish va samara bermayotgan tuzilmalarni tugatish doirasida amalga oshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring