Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aliyev «Rossiya tomoni uzr so‘rashi va aybdorlar jazolanishi»ni talab qilyapti

Aliyev «Rossiya tomoni uzr so‘rashi va aybdorlar jazolanishi»ni talab qilyapti

Boku Moskvadan «aybini tan olishni, aybdorlarni jazolashni va aviahalokat jabrlanuvchilariga kompensatsiya to‘lash»ni talab qilyapti.

Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev joriy yil 25-dekabr kuni AZAL aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotning Qozog‘iston hududida halokatga uchrashi ortidan qilgan ilk chiqishida ma’lum qildi.

«Uchuvchilar tirik qolmasliklarini bilishardi, lekin ular qahramonlik ko‘rsatishdi va ulardan minnatdor bo‘lishimiz kerak – halokatda omon qolganlar bor.

Rossiya tomoni Ozarbayjon oldida uzr so‘rashi kerak. Aybdorlar esa jazolanishi shart. Shuningdek, Moskva jabrlangan yo‘lovchilarga kompensatsiya ham to‘lab berishi zarur», – dedi Ozarbayjon yetakchisi.

Aliyev, shuningdek, hozirda samolyotning qora qutisidagi ma’lumotlar o‘rganilayotganini ma’lum qilib, unda samolyot nega Grozniyga qo‘ndirilmagani, radioelektron hujum samolyotni boshqarishga qanchalik ta’sir qilgani hamda havodagi zarba va samolyot yaqinidagi portlashning oqibatlari qanchalik jiddiy bo‘lgani haqidagi savollarga javob olinishini ta’kidladi.

«Bizni xafa qilgan va hayratga solgan narsalardan biri, Rossiya rasmiy tuzilmalari qandaydir gaz ballonining portlashi haqidagi versiyalarni ilgari surgani bo‘ldi. Ya’ni bu Rossiya tomoni masalani jim qilmoqchi ekanligini ochiq ko‘rsatdi va bu, albatta hurmatsizlikdir.

Bu ochiq faktni inkor etish va uni yashirishga urinish ham bema’nilik, ham ahmoqlikdir», – dedi Aliyev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, albatta, samolyot ataylab urib tushirilmagan, lekin zudlik bilan aybni tan olish, do‘st mamlakatdan kechirim so‘rash va hamma narsani jamoatchilikka yetkazish kerak edi.

«Afsuski, dastlabki uch kun ichida biz yolg‘on versiyalardan boshqa hech narsani eshitmadik», – dedi Ozarbayjon rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring