Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

My.gov.uz orqali to‘lov yanada qulaylashdi (video)

My.gov.uz orqali to‘lov yanada qulaylashdi (video)

Endilikda portal foydalanuvchilari pulli davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni Uzum Bank ilovasi orqali yoki Uzum Nasiya’da muddatli to‘lov asosida qulay amalga oshirishlari mumkin.

 Bunda ikki xil to‘lov usulidan birini tanlasa bo‘ladi:

  • Shaxsiy mablag‘lar hisobidan to‘lov qilish;
  • Bir necha oyga qulay muddatli to‘lov rasmiylashtirish.

Raqamlarda keltirilishicha, har kuni 300 mingdan ortiq foydalanuvchi my.gov.uz portaliga tashrif buyuradi. 2024 yilning o‘zida portal orqali 32 milliondan ortiq ariza yuborilgan.

Shunga ko‘ra, Uzum Nasiya aholining my.gov.uz orqali pulli davlat xizmatlaridan foydalanishida mablag‘ taqsimoti borasida qulaylik yaratadi.

Ma’lumot uchun:

Uzum Bank – Uzum milliy raqamli ekotizimiga qarashli internet-bank. 

Uzum Bank orqali foydalanuvchilar maishiy va boshqa turdagi to‘lovlarni amalga oshirishi, keshbek olishi, pul o‘tkazmalarini tezkor hal qilishi va naqd pul yechishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring