Qozog‘iston naqd pulsiz to‘lovlar bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 10 baravar oldinda

Qozog‘istonda bugungi kunda muomaladagi to‘lov kartalari soni 81 milliontadan oshadi, shundan 66 milliontadan ko‘prog‘i — debet kartalari, 15 milliontadan ziyodi — kredit kartalari, deb xabar berdi Zakon.kz.
Nashr Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi to‘lov kartalari sonini ham ko‘rsatib o‘tdi:
- Qirg‘iziston — 8,55 mln
- O‘zbekiston — 8,4 mln
- Tojikiston — 8,2 mln
- Turkmaniston — 5,82 mln
Xabarga ko‘ra, Qozog‘iston naqd pulsiz to‘lovlar bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlarini (qo‘shib hisoblanganda) 10 baravardan ko‘proq ortga qoldirmoqda.
Bankomatlar soni bo‘yicha ham ma’lumot berildi, unga ko‘ra Qozog‘istonda jami 12 569 ta bankomat ishlab turibdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida bankomatlar soni:
- O‘zbekiston — 12 814 (2024-yil, dekabr)
- Tojikiston — 3 005 (2024-yil, kuz)
- Qirg‘iziston — 2 449 (2024-yil, noyabr)
- Turkmaniston — 2 141 (2024-yil, avgust)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter