Amazon yadroviy energetikaga sarmoya kiritishni boshladi
Amazon kompaniyasi kichik modulli yadroviy reaktorlar ishlab chiqaruvchi X-energy startapiga eng ko‘p — 500 mln dollar sarmoya kiritdi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
«Bu texnologiya 2040-yilda ekologiyaga zarar yetkazishni nulga tushirish ko‘zlangan maqsadimizga erishish imkonini beradi», — dedi Amazon kompaniyasining global data-markazlar vitse-prezidenti Kevin Miller.
Loyihada Amazon qatorida moliyachi Ken Griffin, Ares va NGP investitsiya jamg‘armalari, Michigan universiteti qatnashmoqda. Startapda Amazon qancha ulushga egaligi aytilmagan, biroq X-energy direktorlar kengashidagi ikkita joy uning uchun ajratilgani ma’lum.
Hamkorlik ko‘lami juda katta — X-energy 2039-yilgacha jami quvvati 5 Gvt bo‘lgan kichik modulli yadroviy reaktorlar (SMR) quradi, bu 4 millionta uyni elektr bilan ta’minlash uchun yetarli. Amazon Vashington va Virjiniyadagi SMR loyihalarini qo‘llashni allaqachon boshlab yuborgan.
Yirik texnologiya kompaniyalari, energiyani ko‘p talab qiluvchi ma’lumotlarni ishlash markazlari ko‘payishi ortidan, yadroviy energetikaga tobora faol sarmoya kiritmoqda. Avvalroq Google kompaniyasi Kairos Power startapiga 6-7 ta yadroviy mini reaktor qurishga buyurtma bergandi. Microsoft esa Pesilvaniyada to‘xtatib qo‘yilgan Three Mile Island atom elektr stansiyasini yana ishga tushirish harakatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter