Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronalduning akasi giyohvand edi, uydan narsalarni o‘g‘irlardi. Krishtianu birgina harakati bilan uni ajal domidan qutqardi

Ronalduning akasi giyohvand edi, uydan narsalarni o‘g‘irlardi. Krishtianu birgina harakati bilan uni ajal domidan qutqardi

Krishtianu Ronalduning hozirgi hayoti boylik va hashamat bilan bog‘liq, ammo har doim ham shunday bo‘lmagan. Futbolchi kambag‘al oilada tug‘ilgan, otasi alkogolizmdan vafot etgan. Bu Ronaldu uchun kuchli zarba edi, shuning uchun u spirtli ichimliklarni bir umr yomon ko‘rgan.

«Krishtianuning otasi ichkilikboz bo‘lib qoldi va erta vafot etib, uni umidsiz qoldirdi», — eslaydi futbolchining onasi. — «Krishtianu otasini juda yaxshi ko‘rar edi. Unda yomon odatlar yo‘qligining asosiy sababi ham oilamizda sodir bo‘lgan ushbu voqeadir. U chekmaydi va ichmaydi, uning bor e’tibori faqat futbolda».

12 yoshida Ronaldu Madeyradan Lissabonga ko‘chib o‘tadi va «Sporting» akademiyasiga qo‘shiladi. Asosiy e’tiborini futbolchilik faoliyatiga qaratib, tezda pul ishlaydi va oilasiga yordam bera boshlaydi.

Uning akasi Ugo bilan o‘rtasida 10 yosh farq bor. U ham umidli futbolchi edi. Ronalduning bolalikdagi do‘sti Joel Santos shunday deb eslaydi: «Men Ugoni o‘shanda tanimasdim, lekin uni eslaganlarning hammasi Krishtianudan yaxshiroq futbolchi ekanligini aytishardi».

90-yillarning oxirlarida Ugo alkogol va giyohvandlikka berilib ketdi, bu uning karerasini yo‘q qildi. U o‘z giyohvandlik moddalarini sotib olish uchun uyidan, qarindoshlarinikidan narsalar o‘g‘irlardi. Ona o‘g‘lini qutqarishga harakat qildi: u Ugoni davolash uchun farrosh bo‘lib ikkinchi ishga kirdi. Ammo u davolanib chiqqach, yana yomon odatlarga qaytdi. «Sporting» akademiyasidan ukasining yuborgan pullari ham yordam bermadi.

Ronaldudan farqli o‘laroq, Ugo o‘z tug‘ilgan joyida qoldi va yomon odamlar bilan do‘stlashdi. U spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarga berilib ketdi: «Bolaligida Krishtianu ikki opasi bilan yaqinroq edi. Chunki men otamga o‘xshab ketayotgandim. Atrofimdagi yigitlar mahalliy giyohvandlar edi», eslaydi Ugo.

Ronaldu «Real Madrid»da o‘ynab yurganida, omadsiz akasi soyada edi. U haqidagi hikoyalar 2014 yilda, Chempionlar Ligasi finalidan so‘ng, Krishtianu Ugoni qattiq quchoqlab olgan lahzalardan keyin keng tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular orasida bahs bo‘lgan: agar Ronaldu Chempionlar ligasida g‘alaba qozonsa, akasi davolanishni boshlaydi va giyohvand moddalar hamda spirtli ichimliklarni butunlay tark etadi. Akasini quchoqlarkan, Krishtianu unga kelishuvni eslatadi va Ugo va’dasida turadi: u ukasining pullari bilan qimmat davolanish kursini o‘taydi, shundan keyin u qaytib spirtli ichimlik ichmadi.

Aka-ukalar yanada yaqinlashishdi: Krishtianu Ugoning o‘g‘liga cho‘qintirgan ota bo‘ldi va akasini Madriddagi muzeyiga ishga joylashtirdi. «Uning pullari Ugoni saqlab qolishga yordam berganiga shubha yo‘q. Agar Krishtianu futbolchi bo‘lmaganida hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi», - deya tan oladi Ronalduning onasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring