Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karlsen va Nepomnyashiy blits bo‘yicha jahon chempionligini bo‘lishib oldi

Karlsen va Nepomnyashiy blits bo‘yicha jahon chempionligini bo‘lishib oldi

Foto: Ruchess.ru

1-yanvarga o‘tar kechasi Yan Nepomnyashiy (rossiyalik shaxmatchi neytral statusda, FIDE bayrog‘i ostida qatnashdi) va norvegiyalik Magnus Karlsen Nyu-Yorkda o‘tkazilgan blits bo‘yicha jahon chempionatida 1-o‘rinni o‘zaro bo‘lishib olishdi.

FIDE xabariga ko‘ra, Karlsen shunday taklif bergan. U finalda qatorasiga ikki partiyani yutdi, keyingi ikki partiyada rossiyalikning qo‘li baland keldi, qo‘shimcha uchta partiyada esa durang qayd etildi.

«Bugun yangi tarix yozildi. Bizda blits bo‘yicha ikki jahon chempioni bor», — deb xabar berdi FIDE matbuot xizmati.

Shu tariqa, blits bo‘yicha jahon chempionligi tarixda birvarakayiga ikki grossmeyster o‘rtasida taqsimlandi.

Avvalroq «jinsi mojarosi» tufayli rapid va blits bo‘yicha JChni tark etgan Karlsenni FIDE musobaqalariga qaytargan edi. Shu voqeadan so‘ng FIDE dress-kod (kiyinish) qoidalarini yumshatdi. Karlsen 29-dekabrdan musobaqalarga qo‘shildi, jinsi shimda!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring