Magnus Karlsen bo‘ydoqlar safini tark etdi
Shaxmat bo‘yicha 16-jahon chempioni, norveg grossmeysteri Magnus Karlsen 4-yanvar kuni uylandi, rafiqasi — Ella Viktoriya Meloun.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, Ella Viktoriya Meloun Osloda tug‘ilgan, kelib chiqishi norvegiyalik va amerikalik. U 26 yoshda bo‘lib, Karlsendan 9 yosh kichik.
Eslatib o‘tamiz, to‘ydan sal avval Nyu-Yorkdagi dramatik jahon chempionatida Magnus «jinsi mojarosi» tufayli rapid turnirini tark etgandi. Keyin dress-kod qoidalarini yumshatgan FIDE uni blits turniriga qaytargan va finalga qadar yetib borgan Magnus Karlsen yakunda chempionlikni Yan Nepomnyashiy bilan bo‘lishib olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter