Jahongir Vohidov «Oskemen Open 2024» turnirida sovrindor bo‘ldi
Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida shaxmat bo‘yicha «Oskemen Open 2024» turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning «Masters» guruhida 20 grossmeyster, 29 xalqaro masterlarning ishtirok etishdi. Armanistonlik grossmeysterlar Manuel Petrosyan (2631) va Aram Akopyan (2617), xitoyliklar Syuy Syanyuy (2621), Bay Szinshi (2549), eronlik Bardiya Daneshvar (2613), hindistonlik Seturaman (2576) hamda hamyurtimiz Jahongir Vohidov (2572) g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar sifatida e’tirof etilgandi.
O‘nta tur davom etgan musobaqa yakunida Jahongir Vohidov 10 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 3-o‘rinni egalladi. Grossmeysterimiz bronza medali bilan birga 5 200 AQSh dollar miqdoridagi pul mukofotini ham qo‘lga kiritdi.
Turnir g‘olibligi 8 ochko to‘plagan ukrainalik Vitaliy Bernardskiyga nasib etdi. Jahongir singari 7,5 ochko jamg‘argan Bay Szinshi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter