Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YChL. «Real» va «PSJ»da ishonchli g‘alaba, «Yuventus»da kutilmagan natija

YChL. «Real» va «PSJ»da ishonchli g‘alaba, «Yuventus»da kutilmagan natija

Yevropa Chempionlar Ligasi o‘tish bosqichida javob o‘yinlari yakunlandi. 

Abduqodir Husanov to‘liq o‘yin o‘tkazgan uchrashuvda «shaharliklar» «Real»ga mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi.

«PSJ» ikkinchi uchrashuvida ham «Brest»ni tor-mor etdi. 

«Borussiya» Dortmundda o‘zi uchun qoniqarli natijani qayd etdi va keyingi bosqichga chiqdi. 

«Yuventus» kutilmaganda PSVga yutqazib, YeChL bilan xayrlashdi. O‘tish bosqichining o‘zida Italiyaning uch jamoasi turnirdan chiqib ketdi.

Real — Manchester Siti 3:1
Gollar:
 Mbappe (4, 33, 61) — Niko (90+2). 
Birinchi o‘yin — 3:2.

PSJ — Brest 7:0
Gollar:
 Barkolya (20), Kvaratsxeliya (39), Vitinya (59), Due (64), Mendesh (69), Ramush (76), Meyulyu (86). 
Birinchi o‘yin — 3:0.

Borussiya D — Sporting 0:0
Birinchi o‘yin — 3:0.

PSV — Yuventus 3:1
Gollar:
Perishich (53), Saybari (74), Flamingo (98) — Vea (63). 
Birinchi o‘yin — 1:2.

Shunday qilib, nimchorakka yo‘l olgan barcha jamoalar nomi aniq bo‘ldi. Bu bosqichga qur’a ertaga tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring