Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy Trampdan kechirim so‘radi

Zelenskiy Trampdan kechirim so‘radi

Foto: Brian Snyder/Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oq uyning Oval kabinetidagi voqea uchun Donald Trampdan kechirim so‘radi. Bu haqda AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff Fox News telekanali efirida ma’lum qildi.

«Oval kabinetda yuz bergan voqea uchun Zelenskiy kechirim so‘rab Trampga xat yo‘lladi», — dedi Uitkoff.

28-fevral kuni Zelenskiy va Trampning Oq uydagi uchrashuvi shov-shuvga aylangandi. Tramp Zelenskiyning ko‘rsatilgan harbiy va iqtisodiy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirmay hurmatsizlik ko‘rsatganini ta’na qilgan, qolaversa, o‘t ochishni to‘xtatishga rozilik bermayotgani uchun tanqid qilgandi. Uchrashuv oxiriga yetmasdan, Ukraina delegatsiyasidan Oq uyni tark etish so‘ralgan, nodir metallar bo‘yicha kelishuv imzolanmay qolgandi.

Keyinchalik Zelenskiy Oq uyda bo‘lgan voqeadan afsusda ekanini ma’lum qilib, AQSh bilan munosabatlarni, jumladan, tinchlik bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish xohishini bildirgandi.

Oq uydagi voqeaga qaramasdan, Donald Tramp Ukraina bilan nodir metallar bo‘yicha kelishuvga erishish niyatida qat’iy ekanini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring